Biror kishini xohishiga qarshi gipnoz qilish mumkinmi?

Gipnoz¹ — koʻpchilik uchun sirli hodisa. Biz gipnoz qilinganlar bilan qanday ajablanarli voqealar sodir boʻlishini koʻramiz va baʼzida bu shifokorlar tomonidan davolash uchun ham ishlatiladi.

Gipnoz holatida bizning bilim va qobiliyatimiz katta ahamiyatga ega. Ular bizning ongimizga ta’sir o‘tkaza olmaydi, shuning uchun ular koʻpincha ongsiz yoki ongusti bilimlar deb ataladi. Baʼzida gipnoz qilingan odam muayyan bir vazifaga shunchalik katta eʼtibor qaratadiki, u doimiy hayotida hech qachon qila olmagan ishni bajara oladi.

Gipnoz qilish uchun odam rozi va xotirjam boʻlishi kerak. Gipnozchi unga charchagani, uyqu bosayotgani, koʻzlari yumilayotgani, atrofdagi dunyoga qiziqishi yoʻqola boshlagani va ongsiz dunyoga, ya’ni uyqu holatiga kirayotganini bir necha bor takrorlaydi. Gipnoz ostida boʻlgan odamning maʼlumot qabul qilish usuli sizni hayratga soladi. Gipnozchining taʼsiri ostidagi odam kar, soqov, koʻr boʻlib qolishi, gʻalati harakatlar qilishi mumkin. Ammo bu faqat gipnozlash jarayonida sodir boʻladi, aks holda, odam buni rad etardi.

Odamlar gipnozdan keyin ham baʼzi harakatlar qilishlari mumkin. Ulardan biron bir kitobning maʼlum bir joyidan iqtibos (ko‘chirma) keltirish soʻralishi mumkin. Eng qizig‘i, ular buni qiyinchiliksiz bajarib, oʻzlarining bu qobiliyatlari bilan hayratga soladilar.

Biror kishini xohishiga qarshi yoki bildirmasdan gipnoz qilish mumkinmi? Yoʻq. Chunki odam gipnozchi bilan ruhiy birlashishi kerak. Baʼzida odamlar buni xohlashadi, lekin noroziliklar bildirib yashirishadi. Bunday hollarda ularga irodaga qarshi gipnoz qilingandek tuyuladi.


[1] Gipnoz — kishini gipnotik uyqu holatiga keltirish orqali unga soʻz bilan taʼsir oʻtkazish va shu yoʻl bilan undagi baʼzi kasalliklarni davolash usuli.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!