Ovoz to‘sig‘i nima?
Ovoz to'sig'i nima? Ovoz to'sig'i haqida ma'lumot
2 min
Bu nima?

“Ovoz toʻsigʻi” atamasi samolyot maʼlum bir tezlikda harakatlanayotganida yuzaga keladigan sharoitlarni notoʻgʻri tavsiflaydi. Samolyot tovush tezligiga yetganda “toʻsiq” kabi narsa paydo boʻladi deb taxmin qilish mumkin — ammo bunday narsa boʻlmaydi.

Bularning barchasini tushunish uchun kichik va odatiy tezlikda uchayotgan samolyotni koʻrib chiqamiz. Samolyot uchayotganda uning oldida siqilish toʻlqini paydo boʻladi. U oldinga harakatlanayotgan samolyotning havo zarralarini siqib kelishi natijasida hosil boʻladi. Ushbu toʻlqin samolyot oldida tovush tezligida harakat qiladi. Uning tezligi yuqorida aytganimizdek past tezlikda uchayotgan samolyot tezligidan yuqori. Samolyot oldida harakatlanib, bu toʻlqin havo oqimlarining samolyot yuzasi atrofida harakatlanishiga olib keladi.

Endi samolyot tovush tezligida uchayotganini tasavvur qiling. Samolyot oldida siqilish toʻlqinlari hosil boʻlmaydi, chunki samolyot ham, toʻlqinlar ham bir xil tezlikka ega. Shuning uchun toʻlqin qanotlarning old qismida hosil boʻladi.

Natijada zarba toʻlqini paydo boʻladi va bu samolyot qanotlariga katta yuklamani keltirib chiqaradi. Samolyotlar ovoz toʻsigʻiga yetib borib, undan oshib ketguniga qadar bunday zarba toʻlqinlari va haddan tashqari yuklamalar samolyot uchun toʻsiq — “ovoz toʻsigʻi”ni yaratadi deb hisoblashgan. Biroq bu ovoz toʻsigʻi boʻlmagan, chunki aviatsiya muhandislari buning uchun maxsus samolyot dizaynini ishlab chiqdilar.

Aytgancha, samolyot “tovush toʻsigʻi”dan oʻtayotganda biz eshitadigan kuchli “zarba” bu — samolyot tezligi va siqilish toʻlqini teng boʻlganda yuz beradigan zarbadir.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!