Shaxmat o‘ynash va yashashning ikki usuli
Shaxmat, shaxmat va hayot bog'liqligi, shaxmatdagi pozitsion va kombinatsion usul va bu usulning hayotga tatbig'i haqida batafsil o'qing.
Oʻrta
3 min
26.09.2022
Matematika

Hamma biladigan istalgan oʻyinni oling va oilaviy oʻyin kechasiga aylanib ketadigan sayohatni boshlashdan oldin bitta tabiiy savol bering — bu oʻyin qanchalik murakkab?

Matematik jihatdan bu savolga javob berishning ikki yoʻli bor. Birinchisi satrlar fazosi, yaʼni oʻyin davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan donachalarning mavjud tartibidan foydalanishingiz mumkin. Iks-nol oʻyinida, masalan, iks-nollarning barcha konfiguratsiyalarini koʻz oldimizga keltirib, ularni sanab chiqamiz.

mathwithbaddrawings.com

Ikkinchisida, siz oʻyin shajarasining hajmini, yaʼni birinchi yurishdan to oxirgisigacha yurishlar zanjirlari sonini berishingiz mumkin. Aksariyat konfiguratsiyalar oʻyin shajarasida bir necha bor uchragani uchun, u satrlar fazosidan ancha katta.

Endi bu oʻyinni boshqa bir oʻyinga — shaxmatga almashtiramiz. Mutaxassislarning fikricha, qoʻpol qilib aytganda, ikki xil oʻynash yoʻli bor. Birinchisi — pozitsion oʻyin — oʻyinni boshqarib oʻzingizni ustun pozitsiyaga olib chiqish, figuralar bilan markazni boshqarish va shohni xavfsiz joyga yashirib qoʻyish. Bunda iloji boricha koʻproq figurani saqlashga harakat qilasiz. Oʻzingizcha shox-motlar haqida oʻylab oʻtirmang.

mathwithbaddrawings.com

Ikkinchisi — kombinatsion oʻyin — nafis va zich ishlangan yurishlar ketma-ketligini qidiring. Figuralar haqida qaygʻurmang, aniq motlar va halokatli hujumlar uchun keragicha qurbon qiling.

Yaqinda shuni tushundimki, shaxmatdagi bu ikki uslub taxminan ikki murakkablik oʻlchovlariga mos keladi. Pozitsion oʻyinchilar satrlar fazosidagi qulay joylarni, yaʼni oʻzi ustun deb hisoblagan tartiblarni qidiradi. Kombinatsion oʻyinchilar boʻlsa oʻyin shajarasidagi ideal shoxlarni izlaydi. Oʻynashning ikkala yoʻli ham oʻziga xos oʻylash uslubi va oʻyinning yuqori darajali modelini oʻz ichiga oladi.

mathwithbaddrawings.com


Bu metod, menimcha shaxmatdan ancha tashqarida ham amal qiladi.

Yozish ham soʻzlarni toʻgʻri taxlash oʻyini. Siz pozitsion, yaʼni yaxshi material aniqlash va yigʻishga eʼtibor qaratib, ular bir-biriga mos kelish yoki kelmasligi haqida oʻylamaydigan yozuvchimisiz? Yoki kombinatsion, yaʼni kuchli taʼsirga erishish uchun mavjud materialdagi soʻzlar silsilasini sayqallab, oʻtkirlaydiganmi?


Pazandachilikda-chi?

Balki siz muzlatgichini mazali masalliqlar bilan toʻldirib, ularni birlashtirganda mazali ovqat chiqishiga ishonadigan pozitsion oshpazdirsiz. Yoki ehtimol aniq va rejali retseptlardan foydalanadigan kombinatsion oshpaz boʻlishingiz ham mumkin.


Bazm uyushtirsak-chi?

Yana bazm uyushtirish ham bor, uni mehmonlar kombinatsiyasi oʻyini desak boʻladi. Siz bir nechta qiziqarli insonni taklif qilib, bazmni qizdirishni ularning oʻziga qoʻyib beradigan pozitsion reja tuzasizmi? Yoki qaysidir mehmion boshqa bir mehmon bilan kelisha olishi kabi aniq shaxslararo dinamikaga eʼtibor beradigan, ehtiyotkor kombinatsion reja tuzuvchimisiz?


Har qanday kombinatsion olam butunlay oʻrganib boʻlmaydigan darajada keng, ammo oʻynashning turli uslublarini tizimlash foydali boʻlishi mumkin.


Ushbu maqola mathwithbaddrawings.com sayti materialining tarjimasi.
Muqova surat: mathwithbaddrawings.com

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Top maqolalar

Barchasi
Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!