20.02.2024
Uran qanday qilib yadroviy reaktorlar uchun yoqilg‘i bo‘ladi?
Ushbu maqola pandemiya payti maktablar yopilib, oʻquvchilar uy sharoitda oʻqishga toʻgʻri kelgan payti yozilgan. Quyida uy sharoitida stressni yengishga yordam beradigan baʼzi maslahatlarni olishingiz mumkin.
Axborotni faol ravishda qayta ishlaganingizda uni yaxshiroq eslab qolasiz. Buning sababi — sizning neyronlaringiz (miyangizdagi hujayralar) yanada mustahkam aloqalar hosil qiladi. Buni qanday amalga oshirish mumkin?

Shunday qilib, maʼlumotlarni oʻrganib, chuqur tahlil qilish orqali yangi narsalarni bilib olish ularni yaxshiroq yodda saqlashga yordam berar ekan.
Buning uchun oʻzingizga quyidagi savollarni berishingiz kerak:
Biz har qanday turdagi tahdidga bir xilda javob beramiz. Biologik tur sifatida biz atrof-muhit kabi tez rivojlanmaganmiz. Insonlar aslida shiddatli tus oladigan oʻta ogʻir vaziyatlarda ham xavf-xatarga qarshi turish va oʻz hayoti uchun kurashish maqsadi bilan yaralgan, faollashish va hujumga tayyorgarlik, shuningdek, hayajon va gʻalaba quvonchi normal holatdagi reaksiyalardir.
Uyda oʻqish zarurati kabi stressli holatlar insoniyat yaralganining dastlabki bosqichlarida mavjud emas edi. Muammo shundaki, bizga “hujum qiluvchi” sher emas, maktab ekanini bilsak-da, oʻzimizdagi adrenalin toʻlqinini oʻchira olmaymiz. Oʻtkir stress reaksiyasidan jismoniy tiklanish uchun tanaga taxminan 20 daqiqa kerak boʻladi. Adrenalinning tanamizga taʼsiri bir soatgacha davom etishi mumkin. Bunday reaksiya mutlaqo normal va tabiiydir!
Biz tahdidga qarshi samarali kurash olib borish (yaʼni kerakli ishlar rejasini tuzib, oʻzimizni qoʻlga olish orqali) yoki nafas olish mashqlari va telefoningiz uchun Headspace dasturi kabi tinchlantiruvchi vositalarni qoʻllash orqali stressli reaksiyalarni yengishingizga yordam bera olamiz.
Stress, xavotir hamda vahima holatini yengillashtiradigan tinchlantiruvchi nafas olish texnikasi bir necha daqiqa vaqtni oladi va uni istalgan joyda bajarish mumkin. Nafas olish tananing stressga tabiiy reaksiyasini yengishga yordam beradi. Agar siz buni kundalik hayotingizning bir qismi sifatida muntazam ravishda bajarsangiz, bu mashqlar sizga katta yordam beradi. Buni tik turganingizda, orqangizni stulga suyab oʻtirganingizda, oʻrningizda yotgan holda yoki polda, yoga gilamchasi ustida qilishingiz mumkin. Oʻzingizni iloji boricha qulayroq his qiling. Iloji boʻlsa nafas olishingizni qiyinlashtiradigan har qanday kiyimdan xalos boʻling.
Agar oʻrinda yotgan boʻlsangiz, qoʻllaringizni biroz yon tomonga choʻzib, kaftlaringizni yuqoriga koʻtaring. Oyoqlaringizni yerga qoʻying yoki tizzalaringizni buking, shunda oyoq yerga tegadi. Agar oʻtirgan boʻlsangiz, qoʻllaringizni stulning qoʻl tutadigan joyiga qoʻying. Agar siz oʻtirgan yoki tik turgan holatda boʻlsangiz, ikkala oyogʻingizni yerga qoʻying. Qaysi holatda boʻlishingizdan qatʼiy nazar, oyoqlaringiz yelka kengligida ochilgan boʻlishiga ahamiyat bering.
Maqola Khan Academy Oʻzbek loyihasi doirasida tarjima qilingan. Havola: Uyda qanday qilib samarali o‘qish va stressni yengish mumkin?
Muqova surat: midjourney.com
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.